Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Rossiya hujumi oqibatida Kiyevda universitet binosi, telekanal studiyasi va jurnalistlar uylari shikastlandi

Rossiya hujumi oqibatida Kiyevda universitet binosi, telekanal studiyasi va jurnalistlar uylari shikastlandi

6 iyulga o‘tar kechasi Rossiyaning Kiyevga uyushtirgan hujumi oqibatida Taras Shevchenko nomidagi Kiyev milliy universitetining o‘quv korpusi, bir qator jurnalistlarning uylari hamda «5-kanal» televideniyesi studiyasiga zarar yetdi.

Universitet rektori vazifasini bajaruvchi Valeriy Kopiykaning ma’lum qilishicha, portlash to‘lqini VDNX hududida joylashgan o‘quv korpuslari va talabalar yotoqxonasiga zarar yetkazgan. Binoning oyna va eshiklari singan.

Shuningdek, «5-kanal» televideniyesi studiyasi jiddiy vayron bo‘lgan. Teleboshlovchi Anna Miroshnichenkoning aytishicha, xodimlar orasida jabrlanganlar yo‘q, ammo studiyadagi texnika va ish joylari katta zarar ko‘rgan.

Telekanal rahbariyatining bildirishicha, kontent ishlab chiqarishning asosiy texnik tizimlari shikastlangani sababli hozircha efir orqali ko‘rsatuvlarni tiklash imkoni yo‘q. Shu bois dasturlar vaqtincha YouTube orqali uzatilmoqda.

Hujum natijasida «Mediasentr Ukraina» kommunikasiya menejeri Svetlana Chepurenko va «TSN» muxbiri Katerina Fedorchenkoning Podolsk tumanidagi uyi ham vayron bo‘lgan. Ular hujum vaqtida boshpanadan joy olgani uchun jabrlanmagan.

Bundan tashqari, «1+1» telekanali jurnalisti Svetlana Berezivska yashaydigan turar joyga ham dron zarbasi berilgan.

Kiritildi: 16:56 06.07.2026. O'qildi: 763 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!