U: "Ukrainaning taqdiridan saboq oling va AQShga ishonib qolmang" deya fikr bildirdi.
Uning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar hech qachon doimiy va sodiq ittifoqchi bo‘la olmaydi, chunki ular faqat o‘z manfaatlarini ko‘zlaydi. "Ukrainaning boshidan o‘tayotgan falokat Saudiya Arabistoniga ochiq saboq bo‘lishi kerak. AQShga tayangan har qanday davlat bir kun kelib yolg‘iz va himoyasiz qoladi", – dedi Husiylar yetakchisi.
Shuningdek, u Saudiya Arabistonini mintaqada tinchlik va xavfsizlikni saqlash uchun vaziyatni oqilona baholashga, Yaman xalqining haqqoniy talablarini tan olishga va tashqi kuchlarga ortiqcha ishonch bildirmaslikka chaqirdi