Bugun 10 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiya Hindistonga xaridlarni davom ettirish uchun har bir barrel uchun 5 dollar chegirma taklif qilmoqda

Rossiya Hindistonga xaridlarni davom ettirish uchun har bir barrel uchun 5 dollar chegirma taklif qilmoqda

Rossiya neft yetkazib berishni davom ettirish uchun Hindistonga har bir barrel uchun 5 dollar chegirma taklif qildi.

Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning Urals nefti Hindiston portlarida Dated Brent benchmarkiga nisbatan bir barrel uchun 5 dollardan ko‘proq chegirma bilan sotila boshladi. Bir hafta oldin Rossiya neftiga chegirmalar nolga teng edi.

Kpler Ltd. tahliliy kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, chegirma Yevropa Ittifoqi va AQSh tomonidan sanksiyalarning kuchaytirilishi tufayli yuzaga kelgan.

Avvalroq agentlik Hindiston davlat neftni qayta ishlash zavodlari AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan 6 iyul kuni Hindiston tovarlariga joriy qilingan 25 foizlik bojlar tufayli Rossiya neftini sotib olishdan vaqtincha bosh tortayotgani haqida xabar bergan edi.

Kiritildi: 11:15 08.08.2025. O'qildi: 652 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!