Bugun 6 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Rossiya Hindistondan cheklanmagan miqdorda migrantlarni qabul qilishga tayyor — Rossiya bosh vazirining birinchi o‘rinbosari

Rossiya Hindistondan cheklanmagan miqdorda migrantlarni qabul qilishga tayyor — Rossiya bosh vazirining birinchi o‘rinbosari

Denis Manturovning aytishicha, Rossiyada birgina qayta ishlash sanoatining o‘ziga kamida qo‘shimcha 800 ming nafar ishchi kerak, savdo sohasida yana qariyb 1,5 million kishi, shuningdek, xizmat ko‘rsatish va qurilish tarmoqlarida ham katta hajmda kadrlar talab etiladi.

"Biz cheklanmagan miqdorda hind migrantlarini qabul qilishga tayyormiz. Jarayon bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Bu bir yilda sodir bo‘lmaydi, moslashish va kim qaysi ish beruvchiga yo‘naltirilishini aniqlash uchun vaqt kerak bo‘ladi", — dedi Manturov.

Bu bayonot Moskva so‘nggi yillarda migrasiya siyosatini qat’iylashtirayotgani va Rossiya uchun an’anaviy mehnat migrasiyasi manbai bo‘lgan mamlakatlardan, xususan Markaziy Osiyodan kelayotgan ishchi migrantlar sonini qisqartirayotgani, biroq shu bilan birga iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida keskin kadrlar yetishmovchiligiga duch kelayotgani fonida yangradi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yilda Rossiyadan 190,2 ming nafar chet ellik chiqarib yuborilgan. 2025 yilning birinchi yarim yilligida esa Rossiyadan 2,8 ming “migrasiya qonunchiligini buzgan shaxslar” deportasiya qilingan.

Kiritildi: Bugun 17:54. O'qildi: 428 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!