Rossiya Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi keskinlikni siyosiy yo‘l bilan bartaraf etishga hissa qo‘shishga tayyorligini bildirdi.
Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Sergey Lavrov Pokiston Tashqi ishlar vaziri Muhammad Is’hoq Dor bilan suhbat chog‘ida ma’lum qildi.
"Rossiya tomoni Islomobod va Nyu-Dehli o‘rtasida o‘zaro xohish mavjud bo‘lgan taqdirda, Paxalgam shahri yaqinida 22 aprel kuni sodir etilgan terakt oqibatida yuzaga kelgan vaziyatni siyosiy yo‘l bilan hal etishga ko‘maklashishga tayyorligini ta’kidladi," deya Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Telegram-kanalida xabar berildi.