Bugun 22 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiya harbiylari uchun Shengen zonasi abadiy yopiladimi?

Rossiya harbiylari uchun Shengen zonasi abadiy yopiladimi?

Boltiqbo‘yi, Skandinaviya mamlakatlari va Polsha ichki ishlar vazirlari Rossiya harbiylari uchun Shengen zonasini abadiy yopishga chaqirdi.

"Estoniya, Litva, Latviya, Norvegiya, Polsha, Shvesiya va Finlyandiya ichki ishlar vazirlari Ukraina urushi tugagandan keyin ham Rossiyadan xavf saqlanib qolishini ta’kidlamoqda.

Ularning fikricha, urushdan qaytgan ayrim erkaklar uyushgan jinoyatchilik guruhlariga qo‘shilishi mumkin, bu esa Yevropa Ittifoqi uchun jiddiy tahdidga aylanadi.

"Rossiya Qurolli kuchlari yoki rejim nomidan harakat qiluvchi boshqa qurolli tuzilmalar safida xizmat qilgan shaxslar xavfsizligimizga tahdid solmasligi va Shengen zonasida erkin harakatlana olmasligi uchun zarur barcha choralarni ko‘rishimiz shart. Ayniqsa, Ukrainaga qarshi tajovuzkor urushda qatnashganlarga Shengen zonasida yashash uchun ruxsatnoma yoki viza berilmasligi nihoyatda muhim", deyiladi Estoniya Ichki ishlar vazirligi saytida e’lon qilingan qo‘shma bayonotda.

Kiritildi: 21:15 20.06.2025. O'qildi: 776 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!