Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiya harbiy uchuvchisi qochib ketdi

A A A
Rossiya harbiy uchuvchisi qochib ketdi

Oilasi bilan BAAga ta’tilga ketgan rossiyalik uchuvchi Amerika elchixonasi vakillariga taslim bo‘ldi. Bu haqda “Dosye Shpiona” xabar berdi.

Rossiya Milliy gvardiyasi aviasiya eskadroni harbiy xizmatchisi, Gavrichenko ismli katta leytenant sentyabr oyi oxirida tegishli ta’tilini olib, Dubayga ketgan. U yerda Gavrichenko AQSh elchixonasiga kelib, Ukrainaga qarshi jang qilishni istamagani uchun hamkorlik qilishga tayyorligini aytgan.

Uchuvchining qochishiga uning sobiq hamkasbi, Ivanovo shahridagi parvoz xodimlarini qayta tayyorlash markazida xizmat qilgan Anton Vasilev ko‘ndirgan bo‘lishi mumkin. Ukrainaga hujumning boshida Vasilev Rossiyani tark etib, Los-Anjelesga ko‘chib o‘tgan. Hozir u Ukraina armiyasi uchun o‘quv lagerlari tashkil qilayotgani va Amerika razvedkasiga yordam berayotgani aytilmoqda.

Ayni paytda Rossiya federal xavfsizlik xizmati Gavrichenkoning BAA orqali qochib ketgani sabablarini aniqlamoqda: uning hamkasblari so‘roq qilinib, uylari tintuv qilinmoqda. FXXning fikricha, aynan Anton Vasilev Gavrichenkoni qochish kerakligiga ishontirgan.

Kiritildi: 18:19 02.10.2023. O'qildi: 12414 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!