Bugun 31 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Rossiya ham mojaro zonalaridagi jinsiy zo‘ravonlik uchun BMTning “qora ro‘yxati”ga kiritildi

Rossiya ham mojaro zonalaridagi jinsiy zo‘ravonlik uchun BMTning “qora ro‘yxati”ga kiritildi

Avvalroq Birlashgan Millatlar Tashkiloti Isroilni mojaro zonalarida jinsiy zo‘ravonlik sodir etishda gumon qilinayotgan davlatlarning “qora ro‘yxati”ga kiritgani xabar berilgan edi.

Associated Press nashrining yozishicha, 35 sahifalik hisobot dunyo bo‘ylab mojarolarda jinsiy zo‘ravonlik sodir etganlikda yoki unga mas’ul bo‘lganlikda gumon qilinayotgan o‘ndan ortiq mamlakatdagi 77 ta hukumat va nodavlat tomonlarni “qora ro‘yxat”ga kiritadi. Unda aytilishicha, holatlar soni 2024 yilga nisbatan 2025 yilda keskin oshgan.

Hisobotda Isroil hamda Rossiya qurolli va xavfsizlik kuchlari tomonidan sodir etilgan dahshatli zo‘ravonliklar tavsifi o‘rin olgan.

Ro‘yxatga kiritilish sanksiyalar kabi muayyan jazo choralarini avtomatik ravishda keltirib chiqarmasa-da, ommaviy ravishda nomini oshkor qilish va qoralash tegishli davlatlarning obro‘-e’tiboriga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Shuningdek, ro‘yxatga qayta-qayta kiritilgan davlatlar BMTning tinchlikparvarlik operasiyalaridan chetlashtiriladi.

BMT bosh kotibining mojarolardagi jinsiy zo‘ravonlik bo‘yicha maxsus vakili Pramila Pattenning so‘zlariga ko‘ra, BMT tomonidan global miqyosda tasdiqlangan mojaro bilan bog‘liq jinsiy zo‘ravonlik holatlari avvalgi yilga nisbatan 2025 yilda 100 foizdan ko‘proqqa oshgan.

Kiritildi: Bugun 17:25. O'qildi: 176 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!