Bugun 20 sentyabr, 2024 yil, juma

КИР

Rossiya G‘arbning uzoq masofali raketalariga undan ham kuchliroq qurollar bilan javob beradi — Volodin

Rossiya G‘arbning uzoq masofali raketalariga undan ham kuchliroq qurollar bilan javob beradi — Volodin

"Agar bu sodir bo‘ladigan bo‘lsa, Rossiya yanada kuchliroq qurollar bilan javob qaytaradi. Bunga hech kim shubha qilmasligi kerak... Yevroparlament ruxsat berayotgan narsa, yadroviy qurol ishtirokida bo‘ladigan uchinchi jahon urushiga olib keladi,” – dedi Rossiya Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin.

Shuningdek spiker Yevroparlament bunday qaror ortidan o‘zini-o‘zi tarqatib yuborishi kerakligini ta’kidladi.

Evroparlament deputatlari bugun Rossiya hududiga zarba berish uchun YEI davlatlari tomonidan Ukrainaga qo‘yilgan cheklovlarni darhol olib tashlash haqida qaror qabul qilishgan edi.

Kiritildi: 22:05 19.09.2024. O'qildi: 663 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!