Bugun 8 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiya fuqarolari O‘zbekistonga 30 kun muddatga vizasiz kirishi mumkin bo‘ladi

Rossiya fuqarolari O‘zbekistonga 30 kun muddatga vizasiz kirishi mumkin bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Rossiya fuqarolari uchun mamlakatga ichki pasport yoki ID-karta bilan 30 kungacha muddatga vizasiz kirish tartibini joriy etish ustida ish olib bormoqda.

Bu haqda "Izvestiya" xabar bermoqda .

Xabarga ko‘ra, amalda rossiyaliklar O‘zbekistonga faqat xorijiy pasport orqali kirishi mumkin bo‘lib, vizasiz tartib 15 kungacha amal qiladi. Ushbu muddat tugagach, fuqarolar vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi. Markaziy Osiyoda faqat Qozog‘iston va Qirg‘iziston Rossiya fuqarolariga ichki pasport bilan kirish imkonini bermoqda.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, ushbu tashabbus faqat Rossiya bilan chegaralanmaydi. Qozog‘iston va Ozarbayjon fuqarolari uchun ham shunday yengilliklar joriy etilishi ko‘zda tutilmoqda. Hozirda muzokaralar olib borilmoqda va tegishli takliflar tayyorlanmoqda.

Kiritildi: 10:55 28.05.2025. O'qildi: 732 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!