Kareliyadagi Rossiya sudi Finlyandiyaning Ikkinchi Jahon urushi paytida Kareliyadagi harakatlarini «urush jinoyatlari va Sovet xalqining genosidi» deb tan oldi.
Kareliya Respublikasi Oliy sudi ikkinchi jahon urushi davrida Karelo-Fin SSR hududida fashist bosqinchilari, ishg‘ol hokimiyati va Finlyandiya qo‘shinlari tomonidan sodir etilgan va yangi aniqlangan jinoyatlarni urush jinoyatlari, insoniyatga qarshi jinoyatlar va Sovet xalqining genosidi deb e’tirof etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Gap 1941 yil kuzidan 1944 yil iyunigacha davom etgan urush davrida, Finlyandiya fashistlar Germaniyasining SSSRga hujumidan so‘ng, Moskvaga berishga majbur bo‘lgan hududlarni qaytarishga uringan vaqt haqida ketmoqda.