Rossiya Finlyandiya chegarasi yaqinida harbiy mavjudligini kuchaytirdi, deya yozmoqda New York Times.
“Sun’iy yo‘ldoshdan olingan so‘nggi suratlarga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari Finlyandiya bilan chegara yaqinida bazalarini mustahkamlamoqda va harbiy infratuzilmani qurmoqda”, — deyiladi nashr.
NATO vakillarining so‘zlariga ko‘ra, kadrlarda harbiy texnikani saqlash uchun yangi chodirlar va omborlar ko‘rsatilgan, bu esa Moskva Finlyandiya yaqinida o‘z ishtirokini kuchaytirayotganidan dalolat beradi.