Bugun 25 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Rossiya endi quvur orqali gaz eksport qilishda jahon yetakchisi emas, uning o‘rnini Norvegiya egalladi

Rossiya endi quvur orqali gaz eksport qilishda jahon yetakchisi emas, uning o‘rnini Norvegiya egalladi

2025 yilda Norvegiya quvurlar orqali 108,6 milliard kub metr tabiiy gaz eksport qilgan bo‘lsa, Rossiya bor-yo‘g‘i 103,5 milliard kub metr eksport qildi. Bu haqda Xalqaro gaz ittifoqi hisobotida aytiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2005 yilga nisbatan Rossiyadan quvur orqali gaz eksporti hajmi ikki baravardan ko‘proqqa qisqargan. Bunga Rossiyaning "Gazprom" kompaniyasi Ukrainada urush boshlanishi sababli Yevropa bozoridan chiqib ketgani sabab bo‘lgan.

Hisobot mualliflarining qayd etishicha, hozirda Rossiya tabiiy gaz eksportini faol ravishda Osiyo bozoriga yo‘naltirmoqda. Bu esa Moskva bilan muzokaralarda Pekinning pozisiyasini mustahkamlaydi, chunki Xitoy bozori Osiyodagi eng yirik bozor hisoblanadi.

Moskva va Pekin ko‘p yillardan buyon yangi "Sibir quvvati — 2" gaz quvuri qurilishini muhokama qilmoqda, biroq tomonlar haligacha yakuniy kelishuvga erishgani yo‘q. Reuters agentligining 2025 yil dekabrida yozishicha, yangi gaz quvuri qurilishi 10 yilgacha vaqt olishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 13:01. O'qildi: 340 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!