NATOning alyansning sharqiy qanotida xavfsizlikni mustahkamlashga qaratilgan "Sharqiy gvardiya" operasiyasi boshlandi.
Bu haqda NATOning X ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida ma’lum qilingan.
"Harbiy amaliyot havo hududining buzilishiga javoban boshlangan va NATOning sharqiy qanotdagi pozisiyasini mustahkamlashga qaratilgan. Ittifoqchilar allaqachon qo‘shin va imkoniyatlarni joylashtirishni boshlagan", - deb yozadi nashr.
Avvalroq NATO bosh kotibi Mark Ryutte yaqin kunlarda operasiya boshlanishini aytgan edi. Rossiya dronlarining Polsha havo hududini buzishi bilan bog‘liq hodisadan keyin shunday qaror qabul qilindi. Operasiyada alyansga a’zo qator davlatlar, jumladan Daniya, Fransiya, Buyuk Britaniya va Germaniya ishtirok etmoqda.