Norvegiya tashqi ishlar vazirligi 10 sentyabrga o‘tar kechasi Polsha havo hududining buzilishi bilan bog‘liq hodisadan so‘ng Rossiya elchisi Nikolay Korchunovni chaqirtirdi.
Bu haqda Norvegiya tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
"Norvegiya Tashqi ishlar vazirligi Rossiya tomonidan 10 sentyabrga o‘tar kechasi Polsha havo hududini buzganidan so‘ng Rossiya elchisi bilan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvda TIV Rossiyaning xatti-harakatlari mas’uliyatsiz va qabul qilib bo‘lmas ekanligini ta’kidladi”, — deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, Norvegiya ham ittifoqchilari kabi Polshani har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.