Ukraina noqonuniy qurol yetkazib berish manbasiga va terrorizm sohasidagi tajribaning global eksportiga aylandi.
Bu haqda RIA Novosti agentligiga Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dmitriy Lyubinskiy ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, Kiyev rejimi Yevropadagi uyushgan jinoyatchilik hamda Afrikadan tortib Janubi-Sharqiy Osiyogacha bo‘lgan terroristik guruhlar bilan birlashmoqda.
«Ukraina «terroristik tajriba va amaliyotlarning global eksporti», noqonuniy qurol va boshqa maxsus texnika yetkazib berish manbasiga aylandi», — deya qo‘shimcha qildi diplomat.