Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, Rossiya dekabr oyida Ukrainaga 1700 ga yaqin bir martalik hujum uchuvchisiz havo tizimlarini (OWA UAS) jo‘natgan.
Mudofaa vazirligining Ukrainadagi urush bo‘yicha razvedka ma’lumotida aytilishicha, bu noyabr oyida jo‘natilgan 2300 ta drondan kam bo‘lib, ob-havo sharoitlari raqamlarning pasayishiga ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, Ukraina havo kuchlari dronlarning 53 foizini urib tushirgan, qolganlari esa elektron urush yordamida to‘xtatilgan yoki yo‘nalishdan chetga chiqib ketgan.
Mudofaa vazirligi Rossiya har oyda kamida 1500 ta dron uchirishni davom ettirishi mumkinligini ta’kidladi.