Qonun ilovasida qayd etilishicha, ushbu hujjat rossiyaliklar xorijda hibsga olingan yoki ta’qibga uchragan taqdirda ularning huquqlarini himoya qilish uchun ishlab chiqilgan.
Rossiya Qurolli kuchlaridan “eksterritorial” (mamlakat tashqarisida) foydalanish bo‘yicha qarorni prezident qabul qiladi.
Amaldagi normalarga ko‘ra, Rossiya prezidenti mamlakat Qurolli kuchlarini o‘z vazifasidan tashqari boshqa topshiriqlarni bajarishga jalb qilish imkoniyatiga ega. Qabul qilingan qonun esa, Putinga xorijiy va xalqaro sudlarning ta’qibidan rossiyaliklarni himoya qilish uchun mamlakat Qurolli kuchlari bo‘linmalarini chet elga yuborishga imkon beradi.