Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiya «chet el agentlari» ro‘yxatini yana kengaytirdi

Rossiya «chet el agentlari» ro‘yxatini yana kengaytirdi

Rossiyada mamlakat Adliya vazirligi tomonidan yuritiladigan «chet el agentlari» reestri yana kengaytirildi. Yangi nomlar orasida Ukrainaning «Nash vixod» jamoat harakati, siyosatchi Pavel Yelizarov, bloger Nikolay Rosov, jurnalistlar Valeriy Potashov va Darya Litvishko, «Svobodnaya Yakutiya» jamg‘armasi hammuassisi Raisa Zubareva bor.

«Nash vixod» harakati bedarak yo‘qolgan yoki asirga tushgan rossiyalik harbiy xizmatchilarni qidiradi. Nikolay Rosov Sankt-Peterburg davlat universitetining tarix fakulteti bitiruvchisi, tarixiy mavzularda onlayn strimlar olib boradi. Raisa Zubareva vakili bo‘lgan «Svobodnaya Yakutiya» jamg‘armasi Yakutiya mustaqilligi tarafdori. 2023 yilda jamg‘arma ham «chet el agentlari» ro‘yxatiga kiritilgan.

Valeriy Potashov — kareliyalik jurnalist, 2022 yildan — «Novaya gazeta»ning doimiy muallifi. Uch kun oldin FSB xodimlari «Revolt-Sentr» ishi doirasida uning kvartirasi va dalahovlisida tintuv o‘tkazgan.

Pavel Yelizarov marhum rossiyalik muxolifat yetakchisi, Rossiya Federasiyasi hukumati raisining sobiq birinchi o‘rinbosari Boris Nemsovning sobiq hamkori. Darya Litvishko — RZVRT YouTube kanalining boshlovchisi.

Rossiya Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ularning barchasi, jumladan, Rossiya Federasiyasi hukumati qarorlari va siyosati haqida yolg‘on ma’lumot tarqatgan, xorijiy tashkilotlar bilan aloqa qilgan, «chet el agentlari» materiallarini tarqatgan va «maxsus harbiy operasiya» (Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi) deb ataluvchi amaliyotga qarshi chiqqan.

Kiritildi: 22:57 14.07.2025. O'qildi: 603 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!