"Amina" ilovasiga o‘xshash migrantlarning kirishi va harakatlanishini biometrik monitoring qilish tizimi butun Rossiya bo‘ylab joriy etilishi rejalashtirilgan.
Bu haqda Rossiya Xavfsizlik Kengashi raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ma’lum qildi.
"Amina" xizmati hozirda Moskva va Moskva viloyatida faoliyat yuritmoqda.
"Ha, biz aynan shu yondashuvni amalga oshirishni rejalashtirmoqdamiz. Moskva yangi tizim uchun asosiy sinov maydoniga aylandi va katta tajriba to‘pladi", dedi u bu borada berilgan savolga javob berar ekan.