Jarima 3000 dollardan 6000 dollargacha bo‘ladi.
Rossiya Davlat Dumasi voyaga yetmaganlarga zajigalka, ballon va tarkibida xavfli gaz bo‘lgan boshqa mahsulotlarni sotish uchun jarima solishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini qabul qildi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirishlar kiritiladi.
Tarkibida gaz bo‘lgan maishiy mahsulotlarni bolalarga sotganlik uchun (ro‘yxat hukumat tomonidan belgilanadi) yuridik shaxslarga 600 ming rubl (taxminan 6 ming AQSh dollari), mansabdor shaxslarga 300 ming rubl (taxminan 3 ming AQSh dollari), jismoniy shaxslarga 60 ming rubl (taxminan 600 AQSh dollari) miqdorida jarima solinadi.
Qonun 2025 yil 1 sentyabrdan kuchga kiradi.
2016-2023 yillar davomida Rossiyada 817 nafar bola va o‘smirlar tarkibida gaz bo‘lgan mahsulotlardan zaharlanish oqibatida vafot etgan. 2023 yilda 77 nafar voyaga yetmagan bolalar vafot etgan, ulardan 33 nafari 14 yoshga to‘lmagan.
Qonun kuchga kirgandan so‘ng sotuvchilar tarkibida gaz bo‘lgan mahsulotlarning pasportini tekshirishlari kerak bo‘ladi. Hukumat masofaviy sotish vaqtida xaridorning yoshini tekshirish usulini belgilaydi. Bundan tashqari, suyultirilgan uglevodorod gazini o‘z ichiga olgan moddalarni targ‘ib qiluvchi yoki tasvirlovchi ma’lumotlarni tarqatishga cheklovlar qo‘yiladi.