Bu haqda Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili o‘rinbosari Dmitriy Polyanskiy ma’lum qildi.
"Qator Yevropa davlatlari Ukraina inqirozini tinch yo‘l bilan hal etishga to‘sqinlik qilishga urinmoqda", — deya izoh berdi Polyanskiy.
Yig‘ilish 30 may kuni Moskva vaqti bilan soat 17:00 da (Toshkent vaqti bilan 19:00) bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Ehtimol, gap kansler Fridrix Mersning Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va AQSh Ukrainaga uzoq masofali qurollar yetkazib berish bo‘yicha cheklovlarni olib tashlagani haqidagi bayonoti haqida ketmoqda. Biroq Berlin rasmiy ravishda Kiyevga Taurus raketalarini topshirish haqida ma’lumot bergani yo‘q.