Britaniya harbiy razvedkasi Rossiya hukumati “Ukrainada yana bir necha yillik harbiy harakatlarga tayyorlanayotganini” ma’lum qildi.
Britaniya Mudofaa vazirligi 2024 yilgi Rossiya byudjeti loyihasi asosida tegishli xulosaga keldi. Xususan, 2024 yilda mudofaa uchun byudjet xarajatlari yalpi ichki mahsulotning hozirgi 3,9 foizidan 6 foizga, ya’ni 6,4 trillion rubldan 10,8 trillion rublgacha oshishi ko‘zda tutilgan.
Katta ehtimol bilan, Rossiya mudofaa xarajatlarini 2024 yil davomida saqlab qolishi mumkin. Britaniya harbiy razvedkasining ta’kidlashicha, Rossiya mudofaa xarajatlari haqidagi to‘liq ma’lumotlar har doim maxfiy bo‘lsa-da, ochiqlangan raqamlar Rossiya yana bir necha yillik urushga tayyorlanayotganidan dalolat beradi.
22-sentyabr kuni Bloomberg agentligining Rossiya byudjeti loyihasidagi urush xarajatlari haqidagi maqolasi chop etildi. Shu asosda “Kommersant” gazetasi, boshqalar qatori, eslatma yozdi, ammo xabar tez orada “muharrirlarning qarori bilan” o‘chirilgan.