Bu haqda Sberbank bosh direktori German Gref Vladimir Putin bilan suhbatda aytib berdi.
“Biometriya bo‘yicha to‘lov muammosi hal qilindi: matematika yordamida yuzni 100% aniqlashga erishildi. Rossiya bu muammo hal qilingan dunyodagi yagona davlatga aylandi. <...>Endi bizga to‘lovni amalga oshirish uchun plastik kartalar, telefonlar kerak emas”, - dedi Gref.
Sberbank rahbari aytishiga ko‘ra, ayni damda Rossiyada biometrik to‘lovlarni amalga oshirish uchun 1,2 mln terminal o‘rnatilgan va o‘tgan 1,5 yil davomida bu sohada hech qanday firibgarlik holati qayd etilmagan.