Bu haqida Reuters xabar berdi.
Agentilikka ko‘ra, bu ogohlantirish AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi urushni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarni boshlashidan bir necha hafta avval qilingan. Tramp Rossiyaga qarshi yanada kuchli sanksiyalar joriy etilishini aytgan va Qo‘shma Shtatlarda neft qazib olishni oshirish niyatida ekanini bildirgan. Bundan tashqari, u Saudiya Arabistonini ham ko‘proq neft qazib chiqarishga undashni rejalashtirmoqda.
"Rossiya Markaziy banki har yili hukumat uchun tayyorlanuvchi yopiq hisobotlarida iqtisodiy xavflarni tahlil qiladi, lekin bu safar ilk marta 1980-yillardagiga o‘xshash uzoq muddatli neft narxlarining pasayishi mumkinligini ta’kidlagan. O‘sha davrdagi inqiroz Sovet ittifoqining parchalanishiga olib kelgan edi. Markaziy bank AQSh va OPEC neft bozoriga qanday ta’sir o‘tkazishi mumkinligi haqida aniq ssenariy keltirmagan, ammo neft narxining uzoq muddat va keskin pasayishi Rossiya iqtisodiyoti uchun asosiy xatarlardan biri sifatida qayd etilgan", deb yozadi Reuters.