Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Rossiya armiyasi Donesk viloyatidagi Murao‘ka qishlog‘ini nazoratga oldi

Rossiya armiyasi Donesk viloyatidagi Murao‘ka qishlog‘ini nazoratga oldi

Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, Donesk viloyatida joylashgan Murao‘ka qishlog‘i “Markaz” kuchlar guruhi tomonidan nazoratga olingan. Vazirlik xabariga ko‘ra, bu “faol hujumkor harakatlar” natijasida amalga oshirilgan.

Rasmiy ma’lumotlarda qayd etilishicha, o‘tgan hafta davomida “Sharq” kuchlar guruhi ham bir qator yo‘nalishlarda olg‘a siljib, Dnepropetrovsk viloyatidagi Novonikolayevka, shuningdek, Zaporojye viloyatidagi Olgovske va Novoivanivka qishloqlarini egallagan.

Shuningdek, vazirlikning ta’kidlashicha, Rossiya havo mudofaa tizimlari o‘tgan haftada AQSh ishlab chiqargan HIMARS raketalari va boshqariluvchi havo bombalarini yo‘q qilgan.

Vedomstvo xabarida urush boshlanganidan beri yo‘q qilingan harbiy texnika va dronlar soni haqida ham ma’lumot berilgan.

Kiritildi: 15:32 19.09.2025. O'qildi: 1052 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!