Rossiya armiyasi butun front chizig‘i bo‘ylab hujum operasiyalarini kuchaytirdi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Ukraina harbiylari ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 10 kun ichida Rossiya Qurolli kuchlari Pokrovsk hududida faollashib, kelajakdagi hujumlar uchun u yerga qo‘shimcha kuch va texnikalarni jo‘natmoqda. Biroq Pokrovskning o‘zi ishonchli tarzda himoyalangani bois, ruslarning asosiy sa’y-harakatlari Dnepropetrovsk viloyatidagi Novopavlovkaga qaratilishi mumkin.
"Ular Dnepropetrovsk viloyatiga kirishmoqchi, bu Rossiya qo‘mondonligi tomonidan belgilangan asosiy vazifalardan biri", – dedi harbiylardan biri.
Shuningdek, Rossiya Qurolli Kuchlari so‘nggi haftalarda Lugansk viloyatida, ayniqsa Limanning shimolida bir qator yutuqlarga erishdi.