Bugun 28 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Rossiya Armanistonni "qo‘yib yubormaydi." Moskvaning yangi rejalari

Rossiya Armanistonni "qo‘yib yubormaydi." Moskvaning yangi rejalari

Rossiya prezidenti ma’muriyati Armanistonda axborot kun tartibi bilan ishlashni kuchaytirishga va rossiyaparast siyosatchilarni 2026 yilda respublikada bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlariga tayyorlashga qaror qildi. Ushbu yo‘nalish bilan shug‘ullanish Rossiya prezidenti ma’muriyati rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko va unga bo‘ysunuvchi boshqarmalar xodimlariga topshirilgan. Bu haqda "Vedomosti"ga xabardor manbalar ma’lum qildi.

"Armaniston rahbariyati tobora G‘arb tomon siljimoqda, bu Rossiya davlat siyosati nuqtai nazaridan qabul qilinishi mumkin emas," - deya tushuntirdi nashr suhbatdoshlaridan biri.

Armanistonda Kiriyenko oldida Rossiya manfaatlarini ilgari surish uchun yumshoq kuchdan foydalanish vazifasi turibdi, deya ta’kidlaydi nashrning boshqa manbasi. Uning so‘zlariga ko‘ra, axborot ishlari allaqachon boshlangan, saylovlarga yaqinlashganda esa "yangi vazifalar ham qo‘yiladi." Hozirda Armanistonda avvalgi siyosatchilar - Serj Sargsyan va Robert Kocharyandan boshqa rossiyaparast siyosatchilar yo‘q, shuning uchun "u yerda Rossiya uchun gapiradigan odam yo‘q," dedi suhbatdosh. U saylovlarda yana bosh vazir Nikol Pashinyan g‘alaba qozonishini taxmin qildi, ammo "gap hozir saylovlarda emas, balki Rossiyaning u yerda bo‘lishida," deb ta’kidladi.

Kiritildi: 17:09 30.04.2025. O'qildi: 1032 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!