Bugun 23 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Rossiya, AQSh va Ukraina xavfsizlik muzokaralari 23 yanvar kuni Abu-Dabida o‘tkaziladi

Rossiya, AQSh va Ukraina xavfsizlik muzokaralari 23 yanvar kuni Abu-Dabida o‘tkaziladi

Rossiyaning Abu-Dabidagi muzokaralar delegasiyasiga Bosh razvedka boshqarmasi (GRU) rahbari Igor Kostyukov boshchilik qiladi. Delegasiya tarkibiga Mudofaa vazirligi rahbariyati vakillari ham kiritilgan. Bu haqda Rossiya prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.

Shuningdek, Rossiya va AQSh o‘rtasidagi ikki tomonlama iqtisodiy guruh rahbarlari sifatida ikki davlat prezidentlarning maxsus vakillari — Kirill Dmitriyev va Stiv Uitkoff alohida uchrashuv o‘tkazadi.

Kreml bayonotida ta’kidlanishicha, hududiy masala hal etilmasdan turib, Ukraina mojarosini uzoq muddatli tartibga solish imkonsiz. Rossiya siyosiy kelishuvga erishilmaguncha jang maydonida qo‘yilgan maqsadlariga erishishni davom ettiradi.

Bundan tashqari, Rossiya muzlatilgan aktivlardan 1 milliard dollarni “Tinchlik kengashi” byudjetiga yo‘naltirishga, qolgan mablag‘larni esa tinchlik shartnomasi tuzilgach Ukraina hududlarini tiklash uchun sarflashga tayyor ekanini bildirgan.

Muzokaralar chog‘ida “Tinchlik kengashi” tashabbusi, Grenlandiya atrofidagi vaziyat hamda boshqa mintaqaviy masalalar ham muhokama qilingan.

Kiritildi: Bugun 13:17. O'qildi: 332 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!