Bugun 26 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Rossiya 2026 yil uchun g‘alla eksporti kvotasini belgiladi

Rossiya 2026 yil uchun g‘alla eksporti kvotasini belgiladi

Rossiya hukumati 2026 yilning birinchi yarmi uchun g‘alla eksporti kvotasini belgiladi, deb xabar beradi Rossiya hukumati sayti.

Xabarda aytilganidek, Rossiyadan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqidan tashqaridagi mamlakatlarga bug‘doy, meslin, arpa va makkajo‘xori eksporti uchun tarif kvotasining umumiy hajmi 20 million tonnani tashkil etadi. Javdar eksporti uchun kvota hajmi — 0 tonna.

Kvota 2026 yil 15 fevraldan 30 iyungacha amal qiladi.

Ushbu qaror ichki g‘alla bozori va xorijiy tashuvlar o‘rtasida optimal muvozanatni saqlash uchun qabul qilindi. U Rossiya bozorida g‘alla yetishtirish va iste’mol qilishning prognoz ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda tasdiqlandi.

Tarif kvotasi hukumat qarorlari asosida xorijiy mamlakatlarga xalqaro gumanitar yordam ko‘rsatish uchun g‘alla eksportiga taalluqli emas.

G‘alla eksporti kvotasi 2025 yil oktyabr oyida Iqtisodiy rivojlanish va integrasiya bo‘yicha hukumat komissiyasining Bojxona, tarif va tarifsiz tartibga solish bo‘yicha kichik qo‘mitasining yig‘ilishida tasdiqlangan.

G‘alla eksporti kvotasi mexanizmi Rossiya Federasiyasi hukumati tomonidan 2021 yilda joriy etilgan. Kvota doirasida g‘alla eksportiga narxga qarab o‘zgaruvchan boj qo‘llaniladi.

Kiritildi: 23:14 25.12.2025. O'qildi: 327 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!