Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Rossiya 2021 yilda qancha qurol sotgani ma’lum bo‘ldi

Rossiya 2021 yilda qancha qurol sotgani ma’lum bo‘ldi

2021 yilda Rossiya qurol yetkazib berish «rejasini to‘liq bajardi». Bu haqda Rossiya harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha federal xizmati rahbari Dmitriy Shugayev ma’lum qildi.

«Yillik reja to‘liq bajarildi, xorijlik hamkorlarga 14,6 mlrd dollarlik qurol va harbiy-texnika yetkazib berildi»,— dedi Shugayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, oxirgi o‘n yildan buyon Rossiya yiliga 14-15 mlrd dollarlik qurol sotmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya Suriya, Misr, Hindiston, Xitoy, Jazoir, Qozog‘istonga qurol eksport qiladi.

2017–2021 yillarda Rossiya qurol eksport qilish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egalladi – uning ulushi 19 foizni tashkil etdi. Birinchi o‘rinda AQSh (39 foiz), uchinchi o‘rinda Fransiya (11 foiz), to‘rtinchi o‘rinda Xitoy (4,6 foiz), beshinchi o‘rinda Germaniya (4,5 foiz) turibdi.

Kiritildi: 22:46 15.08.2022. O'qildi: 3191 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!