Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Ronalduning O‘zbekistonga kelish ehtimoli yuqori

Ronalduning O‘zbekistonga kelish ehtimoli yuqori

OCHL Nimchorak final bosqichiga qur’a tashlash marosimi 28 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Xabaringiz bor, qur’adan avval jamoalari ikkita savatga ajratiladi. 1-savatdan guruh g‘oliblari o‘rin oladi. Guruh g‘oliblari orasida eng yomon natija qayd etgan klub 2-savatga joylashtiriladi. Aynan "Nasaf" 2-savatchadan o‘rin oladigan bo‘ldi. Natijada Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi nimchorak finalda guruh g‘olibi bo‘lgan jamoa bilan to‘qnash keladi.

1-savat:
"Al-Hilol" (Saudiya Arabistoni)
"An-Nasr" (Saudiya Arabistoni)
"Al-Ittihod" (Saudiya Arabistoni)
"Al-Ayn" (BAA)

2-savat:
"Nasaf" (O‘zbekiston)
"Navbahor" (O‘zbekiston)
Ikki o‘rin uchun kurashayotgan jamoalar: "Sepohon", "Persepolis", "Paxtakor", "Al-Fayha", "As-Sadd"

Nimchorak finalda bitta guruhdan chiqqan jamoalar yana bir-biriga to‘qnash kelmaydi. Demak, "Navbahor"ga nimchorak finalda "Al-Hilol"ga raqib bo‘lmaydi, "An-Nasr", "Al-Ittihod" yoki "Al-Ayn" klublaridan biri raqib bo‘ladi.

Ronaldu O‘zbekistonga keladimi? «An-Nasr»ning nimchorak finalda yurtimizga kelish ehtimoli hozircha 50 foizga teng. Agar "Paxtakor" pley-offga chiqsa, bu ko‘rsatkich 75 foizga oshadi.

1/8 finalning dastlabki o‘yinlari 2024 yilning 12-13 fevral kunlari 2-savat jamoasi maydonida o‘tkaziladi. Javob o‘yinlari esa 19-20 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 10:37 05.12.2023. O'qildi: 23712 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!