Yuventus hujumchisi Krishtianu Ronalduning onasi Doloresh Aveyru o‘g‘li haqidagi yolg‘on faktga aytib maqtandi.
Ayol Ronaldu haqidagi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumot joylangan suratni tvitterdagi sahifasiga joylashtirdi va Mening o‘g‘lim mening g‘ururim deb yozdi. Ammo aslida u o‘qigan ma’lumot yolg‘ondan boshqa narsa emasdi.
Meu orgulho, meu filho pic.twitter.com/aakxzZYMLY
Dolores Aveiro (@DoloresAveiro) May 6, 2019
Ya’ni "Yuventus Ronaldu kelganidan keyin moliyaviy inqirozdan qutuldi va 20 yildan beri ilk bor chempion bo‘ldi", degan ma’noni beradi suratdagi matn. Aslida, Turin klubi 2011/12 yillardagi mavsumdan beri ketma-ket 7-marta chempion bo‘ldi.