Krishtianu Ronaldu «An Nasr»dagi kelajagi borasida qaror qabul qilishga shoshilmayapti.
TEAMtalk xabariga ko‘ra, portugaliyalik o‘yinchi kelajagi uchun 3 ta variantni ko‘rib chiqmoqda: «An Nasr» bilan shartnomani uzaytirish va rahbariyatdan jamoa tarkibini jiddiy kuchaytirishni so‘rash, Portugaliyaga qaytish yoki professional futbolchilik faoliyatini yakunlash.
Tez orada 40 yoshni qarshilaydigan Ronalduning «An Nasr» bilan amaldagi shartnomasi yozgacha mo‘ljallangan.