"Lans" himoyachisi Abduqodir Husanov faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettirishi mumkin.
"Bilishimcha, "Manchester Siti" Abduqodir Husanov borasidagi bitimda faol muloqot olib bormoqda.
"Lans" bilan muzokaralar o‘yinchi tomonidan ham, klub tomonidan boshlangan. Hali qilinishi kerak bo‘lgan ko‘plab qadamlar bor, sababi unga ko‘plab klublar qiziqmoqda.", — deb yozdi Fabrisio Romano.
Eslatib o‘tamiz, bunga qadar italiyalik insayder "Manchester Siti"ning o‘zbekistonlik o‘yinchi uchun kurashga qo‘shilgani haqida ma’lumot bergandi.