Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Ronalduning Marokashdagi mehmonxonasida yong‘in bo‘ldi

Ronalduning Marokashdagi mehmonxonasida yong‘in bo‘ldi

Krishtianu Ronalduning Marokashdagi mehmonxonasida yong‘in chiqdi.

Hodisa 5 aprel kuni sodir bo‘lgan. Bino ichidagi alanga kuchaymasidan oldin o‘t o‘chirish xizmati xodimlari voqea joyiga yetib borgan va yong‘inni nazorat qilishga muvaffaq bo‘lgan.

Morocco World News ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in u qadar katta bo‘lmagan. Xavfsizlik xizmatining tezkor harakatlari sababli barcha mehmonlar va ishchilar binodan xavfsiz evakuasiya qilingan.

Manbaga ko‘ra, alanga muvaffaqiyatli o‘chirildi va mehmonxonaning boshqa qismlariga tarqalmasligi uchun barcha zaruriy choralar ko‘rildi. Jarohatlanganlar haqida ma’lumot berilmadi.

2022 yili ochilgan «Pestana CR7» mehmonxonasi hozirda o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

Kiritildi: 17:52 08.04.2025. O'qildi: 1225 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!