Bugun 25 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Ronalduni 2,2 million dollarlik mashinada ko‘rishdi

Ronalduni 2,2 million dollarlik mashinada ko‘rishdi

Ijtimoiy tarmoqlarda "An-Nasr" va Portugaliya milliy jamoasining mashhur hujumchisi Krishtianu Ronaldu elit avtomobilni boshqarayotgani aks etgan video tarqaldi. 40 yoshli futbolchi Bugatti Veyron rusumli avtomobilni haydayotgan edi.

Ma’lum qilinishicha, bunday avtomobilning narxi taxminan 2,2 million dollarni tashkil etadi. Ronaldu uchun bu muammo emas, chunki u "An-Nasr"da har mavsumda, agar ommaviy axborot vositalariga ishonsak, 200 million dollardan ortiq daromad oladi.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Krishtianu Ronaldu "An-Nasr" bilan shartnomasini yana ikki mavsumga - 2027 yilning o‘rtalarigacha uzaytirgan edi. Portugaliyalik futbolchi Saudiya Arabistoni jamoasida 2023 yil boshidan buyon to‘p tepib kelmoqda.

Kiritildi: 23:51 21.07.2025. O'qildi: 989 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!