"An-Nasr"ning 40 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronaldu hazillashib, yana 10 yil o‘ynashi mumkinligini ta’kidladi.
"Men uchun "tez orada" degani - 10 yil. Odamlar, agar men karyeramni tez orada yakunlashim haqida gapirsam, yarim yil yoki bir yilni nazarda tutyapti deb o‘ylashadi. Men shunchaki hazillashyapman! To‘g‘risini aytsam, "yaqin orada" deganimda, yana bir-ikki yilni nazarda tutyapman," - deya Ronalduning so‘zlarini keltiradi Goal portali.
Eslatib o‘tamiz, yozda Krishtianu Ronaldu "An-Nasr" bilan shartnomasini 2027 yilning o‘rtalarigacha uzaytirgan edi. Portugaliyalik futbolchi 2023 yil boshidan beri Saudiya Arabistoni jamoasida to‘p tepib kelmoqda.