Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Ronaldu va Messi — Chempionlar ligasi tarixida eng ko‘p daqiqa maydonda bo‘lgan futbolchilar

Ronaldu va Messi — Chempionlar ligasi tarixida eng ko‘p daqiqa maydonda bo‘lgan futbolchilar

"Madrid"ning sobiq hujumchisi Krishtianu Ronaldu UYEFA Chempionlar ligasi tarixida maydonda eng ko‘p vaqt o‘tkazgan futbolchi hisoblanadi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, portugaliyalik yulduz ushbu musobaqada 183 ta o‘yinda jami 15 758 daqiqa maydonda bo‘lgan.

Ikkinchi o‘rinni «Barselona»ning sobiq forvardi Lionel Messi egalladi — uning hisobida 163 ta o‘yin va 13 577 daqiqa bor. Manbaga ko‘ra, bu reytingga darvozabonlarning o‘yin vaqti kiritilmagan.

Chempionlar ligasi tarixida eng ko‘p daqiqa maydonda bo‘lgan futbolchilar (2025 yil noyabr holatiga):

1. Krishtianu Ronaldu — 183 o‘yin, 15 758 daqiqa
2. Lionel Messi — 163 o‘yin, 13 577 daqiqa
3. Serxio Ramos — 142 o‘yin, 12 449 daqiqa
4. Raul Gonsales — 142 o‘yin, 11 989 daqiqa
5. Toni Kroos — 151 o‘yin, 11 635 daqiqa

Kiritildi: 17:08 04.11.2025. O'qildi: 661 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!