Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Ronaldu: "Oyoqlarimda kuch bor ekan, o‘ynashda davom etaman"

Ronaldu: "Oyoqlarimda kuch bor ekan, o‘ynashda davom etaman"

«An-Nasr» hujumchisi va sardori Krishtianu Ronaldu Saudiya Pro-ligasining 7-turida «Al-Fayha»ga qarshi o‘yindan (2:1) so‘ng futbolga bo‘lgan muhabbati haqida so‘z yuritdi. 40 yoshli portugaliyalik yulduz bu bahsda dubl qayd etdi.

«Bu men uchun ham, butun jamoam uchun ham ajoyib kecha bo‘ldi. “An-Nasr” g‘alaba qozondi, men esa ikki bor gol urdim — bu muhim.

Har doim aytaman: sportda uzoq faoliyat yuritish faqat ishq va muhabbat orqali amalga oshishi mumkin. Men hali ham shu ehtirosni his qilaman. Gol ursam ham, urmasam ham — futbol mening hayotim. 23–24 yildan beri shu sohadaman — bu mening butun umrim. Shuning uchun oyoqlarimda kuch bor ekan, o‘ynashda davom etaman», — deya Ronalduning so‘zlarini keltirgan UOL nashri.

Joriy mavsumda portugaliyalik hujumchi Saudiya chempionatida 7 ta uchrashuvda 8 ta gol urgan.

Kiritildi: 18:59 02.11.2025. O'qildi: 750 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!