Xorij OAV “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan bog‘liq qiziq holatni aniqlashdi.
Portugaliyalik hujumchi jamoaviy suratga tushayotganda oyog‘ini biroz ko‘tarib olar ekan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Ronaldu bu bilan uzunroq ko‘rinishni va bu orqali doim e’tiborni tortishni maqsad qilgan. Ronaldu oyog‘ini ko‘targanida bo‘yi 185 santimetrga yetarkan.
Bu holat “Yuventus”ning “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yinidan oldin ham kuzatildi. Qizig‘i, Ronaldu “Real”da ham shu usuldan doim foydalangan.