Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Ronaldu milliarderga aylandimi?

Ronaldu milliarderga aylandimi?

"An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu moliyaviy ahvoli haqidagi savolga javob berdi.

Yaqinda matbuotda 40 yoshli portugaliyalik futbolchilar orasida birinchi milliarderga aylangani haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda jurnalist Pirs Morgan forvard bergan intervyusida so‘radi.

- O‘tgan hafta sen milliarder bo‘lding, to‘g‘rimi?

- Yo‘q, bu ko‘p yillar oldin sodir bo‘lgan, - deb javob berdi Ronaldu kulib.

Ma’lumotlarga qaraganda, Krishtianu Ronaldu 2023 yilda Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tganidan keyin dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylandi. Yozda futbolchi "An-Nasr" bilan shartnomasini 2027 yilning yarmigacha uzaytirgandi.

Kiritildi: 07:30 04.11.2025. O'qildi: 1459 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!