Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Ronaldu Madridda yana bir biznes boshlamoqda

Ronaldu Madridda yana bir biznes boshlamoqda

Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klubi hamda Portugaliya terma jamoasi yetakchisi Krishtianu Ronaldu biznes faoliyatini kengaytirishda davom etmoqda. Marca nashrining yozishicha, hujumchi Madrid markazida ochilayotgan yangi, yopiq formatdagi Mega Members Club loyihasiga hammuassis sifatida qo‘shildi.

Manbaga ko‘ra, loyiha poytaxtdagi mashhur restoran va tungi klublar tarmog‘i egasi Inigo Oniyeva bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Taxminan 1000 kvadrat metr maydonga ega bu klub faqatgina maxsus a’zolar kirishi mumkin bo‘lgan yopiq zona tarzida faoliyat yuritadi.

Ichkarida mobil telefon, foto va video kameralardan foydalanish mutlaqo taqiqlanadi. Interer esa 1950-yillardagi Nyu-York uslubida bezatilgan bo‘lib, Soho House kabi eksklyuziv klublar konsepsiyasiga asoslangan. Klub hozirda yakuniy tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda va rasmiy ochilish tez orada bo‘lib o‘tadi. Ochilish marosimiga dunyoning mashhur shaxslari kelishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Ronaldu nafaqat futbol maydonida, balki sportdan tashqarida ham katta daromad topgan. U Nike, Armani kabi yirik brendlar bilan reklama shartnomalari tuzgan, shuningdek, o‘zining CR7 brendi ostida kiyim-kechak, mehmonxonalar va sport zallariga ham sarmoya kiritgan.

Kiritildi: 17:44 27.11.2025. O'qildi: 869 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!