Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubi "Aston Villa"ning kolumbiyalik hujumchisi Jon Duran bilan shartnoma imzolamoqchi.
Saudiya klubi forvard uchun 80 million yevro taklif qilishga tayyor. Duran jamoada forvard Krishtianu Ronaldu o‘ynayotgani sabab o‘tishga rozilik bildirishi mumkin.
Duran joriy mavsum barcha musobaqalarda 28ta o‘yinda maydonga tushib, 12ta gol urishga erishdi. O‘yinchining klub bilan mehnat kelishuvi 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.