Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Ronaldu: «Jahon chempionati? Olti-etti o‘yindan iborat turnir tarixdagi eng yaxshisini aniqlaydimi? Bu adolatlimi?»

Ronaldu: «Jahon chempionati? Olti-etti o‘yindan iborat turnir tarixdagi eng yaxshisini aniqlaydimi? Bu adolatlimi?»

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi va sardori Krishtianu Ronaldu jahon chempionatida g‘alaba qozonish futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchini aniqlab berishi kerak degan fikrga shubha bilan qaradi.

«Jahon chempionatini yutish mening orzum emas. Sizlar shu musobaqa tarixdagi eng yaxshi futbolchini aniqlab berishi kerak, deb o‘ylaysizmi? Olti yoki yetti o‘yindan iborat bir turnir — buni adolatli deb hisoblaysizmi?» — dedi Ronaldu jurnalist Pirs Morganga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilgi jahon chempionatida Portugaliya terma jamoasi chorak finalda musobaqani tark etgan edi. Ushbu musobaqada g‘oliblikni Argentina terma jamoasi qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 22:35 04.11.2025. O'qildi: 1049 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!