Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Ronaldu: «Individual sovrinlar unchalik muhim emas»

Ronaldu: «Individual sovrinlar unchalik muhim emas»

"An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionati doirasidagi "Al-Fayha"ga (2:1) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

40 yoshli portugaliyalik 37-daqiqada hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda - 104-daqiqada penaltidan unumli foydalanib, riyodliklarga g‘alaba keltirdi.

"Gol urish har doim yoqimli, ammo eng muhimi - jamoaning g‘alabasi. Individual sovrinlar unchalik muhim emas - men "An-Nasr" bilan chempionlikni qo‘lga kiritmoqchiman. Men 22 yildan beri o‘ynayman, futbol - mening butun hayotim va hozir juda baxtliman," - dedi Krishtianu o‘yindan keyingi intervyusida.

Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionati to‘purarlari ro‘yxatida 8 ta gol bilan Joau Feliks va Joshua Kingdan (9 tadan gol) keyin uchinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 11:54 02.11.2025. O'qildi: 655 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!