Bugun 9 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Ronaldu «Al Ahli» sport direktori bilan tortishib qoldi

Ronaldu «Al Ahli» sport direktori bilan tortishib qoldi

Portugal milliy jamoasi va "An Nasr" klubi forvardi Krishtianu Ronaldu hamda "Al Ahli" klubi sport direktori Rui Brasa o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi.

Uchrashuv yakunlangach, g‘alaba quvonchidagi Brasa maydonda Ronalduga nimadir deb o‘tadi. Krishtianuga bu gap yoqmaganini uning reaksiyasidan bilib olish mumkin edi, shunga qaramay, vaziyat keskinlashganicha yo‘q.

"An Nasr" "Al Ahli"ga imkoniyatni boy berdi (2:3). Shu tariqa, Ronaldu jamoasi joriy mavsum ilk bor ochko yo‘qotdi.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu FIFPro talqiniga ko‘ra ortda qolgan yilning ramziy terma jamoasiga kirish uchun 40 nafar nomzodlar qatoridan o‘rin olgandi. Ronaldu 40 yoshda va uning hisobida 957 ta gol mavjud.

Kiritildi: 16:31 07.01.2026. O'qildi: 811 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!