Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Ronaldu 2,5 yilda 12 ta sovrin yutish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi

Ronaldu 2,5 yilda 12 ta sovrin yutish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi

Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonida sovrin yuta olmayapti.

Bugun 40 yoshli hujumchi to‘p tepayotgan "An-Nasr" Saudiya Arabistoni Superkubogi finalida "Al-Ahli"ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi (2:2, pen. 3:5).

Ronaldu 2023 yilning yanvarida "An-Nasr"ga o‘tgan va hali jamoa bilan birorta ham sovrin yutmagan. Ar-Riyod klubi Saudiya Arabistoni chempionatida ham, Osiyo Chempionlar ligasida ham, Qirol kubogida ham, Superkubokda ham g‘alaba qozona olmadi. Umuman olganda, Krishtianu bilan shartnoma imzolanganidan beri "An-Nasr" 12 ta turnirda mag‘lub bo‘ldi.

Krishtianu transferidan so‘ng "An-Nasr" bitta musobaqada - o‘rtoqlik turniri hisoblangan klublar o‘rtasidagi Arab chempionlari kubogida g‘olib chiqdi.

Kiritildi: 23:50 23.08.2025. O'qildi: 904 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!