Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma

КИР

“Ronaldo” boshliq guruh fosh etildi: Andijonda yollanma qotillikka urinish bartaraf etildi

“Ronaldo” boshliq guruh fosh etildi: Andijonda yollanma qotillikka urinish bartaraf etildi

Andijonda tadbirkorni 1500 AQSh dollari evaziga o‘ldirishga urinish o‘z vaqtida to‘xtatildi. Bu haqda Andijon viloyati IIB xabar qildi.
Tezkor tadbirda 2000 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxs kelishilgan pulning bir qismi — 300 ming so‘mni olayotgan vaqtda ushlandi.

Tergovda “Ronaldo” laqabli 1984 yilda tug‘ilgan shaxs guruhga boshchilik qilgani va guruh a’zolari aniqlangani ma’lum qilindi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25 va 97-moddalari bilan ish qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: Bugun 16:52. O'qildi: 443 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!