Buyuk Britaniya rossiyalik milliarder Roman Abramovichning vizasini uzaytirmadi, deya habar beradi “The Bell”.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Abramovichning vizasi muddati uch hafta oldin tugab bo‘lgan. Hukumat esa yangisini berishni istamadi. Buni biznesmenning bosh kotibi ham tasdiqlagan.
Qayd etilishicha, Abramovich shu paytgacha Angliyada 3 yilu 4 oy beriladigan investisiya vizasi bilan yashab kelgan. Shu paytgacha Abramovich har safar vizasi muddati tugaganida mamlakat iqtisodiyoti uchun 2 million funt sterling sarmoya kiritib kelgan va shundan so‘ng hukumat hukumat uning vizasini yana 3 yilu 4 oyga uzaytirib kelgan.
Ayni damda Abramovichning vizasi uzaytirilmaganiga Rossiya va Britaniya o‘rtasidagi kelishmovchiliklar sabab bo‘lyaptimi yoki Abramovich sarmoyani kiritmaganimi, bunisi so‘roq ostida turibdi.